Jamiyat
Samarqand shahrida tadbirkorning 6,4 mlrd soʻm mablagʻini qimor oʻyinlariga yutqazgan hisobchi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Ph.l.” MCHJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. bank elektron kalitlaridan foydalanib, MCHJning 6,4 mlrd soʻm mablagʻini soxta maʼlumotlarni rasmiylashtirish orqali oʻzining nomiga ochilgan plastik kartalarga oʻtkazib olgan.
Soʻng ushbu mablagʻlarni internetdagi qimor oʻyinlarida yutqazib qoʻygan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111791
Jamiyat
94671
Jamiyat
90663
Jamiyat
75279
Jamiyat
//
Izoh yo‘q