Hafta oxirida aksariyat viloyatlarda qor yogʻishi mumkin

Saqlash
10:13 / 28.11.2024 68 0

“Oʻzgidromet” 29-noyabr-1-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini eʻlon qildi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30-noyabr —1-dekabrda baʻzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʻzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

 

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30-noyabr-1-dekabrda baʻzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʻzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 1 daraja sovu -4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʻzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʻzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, baʻzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq: choʻl hududlarda 29-noyabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq; 30-noyabr-1-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʻzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʻzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʻzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʻzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 29-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 30-noyabr-1-dekabrda baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 29-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 29-30-noyabrda kuchli boʻlishi mumkin. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʻzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//