Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati va kelgusi yilgi rejalar muhokamasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Qayd qilinishicha, oʻtgan 10 oyda 26 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya kiritilgan. Bu – oʻtgan yilga nisbatan 1,7 barobar koʻp. Shundan qariyb 24 milliard dollari toʻgʻridan toʻgʻri sarmoyalardir. Noyabr-dekabr oylarida yana 8,6 milliard dollar investitsiya kelishi kutilmoqda.
Yigʻilishda investitsiyalarning jalb etilishi hamda loyihalarning bajarilishi har bir hudud va tarmoq kesimida atroflicha tahlil qilindi. Sakkizta tuman va shaharda investitsiya koʻrsatkichlari past boʻlgan. Ayrim tarmoqlarda oʻtgan yilga nisbatan kamaygan. Xalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan baʻzi loyihalar sust bormoqda. Xususan, 17 ta loyiha hujjatini ishlab chiqish va tender jarayonlari kechikkan.
Yigʻilishda mutasaddilar yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va 2025-yilga moʻljallangan rejalar yuzasidan axborot berdi.
Prezident hududlarning investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, bu boradagi yondashuvlarni tubdan oʻzgartirish shartligini koʻrsatib oʻtdi. Masalan, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki mamlakatimiz biznes muhitidagi ijobiy oʻzgarishlarni, iqtisodiyotimizning oʻsish surʻatlarini hisobga olib, xususiy sektor ishtirokidagi loyihalarni ham moliyalashtirishga tayyorligini bildirgan.
Hududlar bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishi, mustaqil mablagʻlar ham jalb etishi kerak. Shu bilan birga, investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oshirish zarur. Yaʻni, jalb qilingan har bir dollar sanoatni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Yigʻilishda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlardan mablagʻ jalb etish hajmlari va yoʻnalishlarini yana bir bor koʻrib chiqish vazifasi qoʻyildi. 2025-yil uchun loyihalarni tarmoq va hududlar kesimida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik va xususiy sarmoyalar yoʻnalishida aniq belgilab olish muhimligi taʻkidlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q