Jamiyat
Endi mahalladagi faol nuroniylar har oyda MHTEKM(mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori)ning 50 foizi miqdorida ragʻbatlantirib boriladi (500 ming soʻm atrofida).
Bunda ular bir qator faol harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Jumladan, Prezident qaroriga koʻra, bundan buyogʻiga mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambagʻal oilaga biriktiriladi.
Ularning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻlib, bunda ular quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
▪️ xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini boʻlib toʻlash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
▪️ oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan farzandlarini oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlash;
▪️ piyoda yurish madaniyatini targʻib qilish;
▪️ keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish.
Bundan tashqari, keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q