Hafta oxirida baʼzi viloyatlarda qor yogʻishi kutilmoqda

Saqlash
12:05 / 27.11.2024 83 0

Oʻzgidromet 29-noyabrdan 1-dekabrgacha boʻlgan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30-noyabr–1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq –3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

 

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30-noyabr–1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 1 daraja sovuq– 4 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 8–13 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 3–8 daraja iliq: choʻl hududlarda 29-noyabrda kechasi va kunduzi 5–10° iliq; 30-noyabr–1-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29-noyabrda kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi va kunduzi 3–8 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30-noyabrda kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 29-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 30-noyabr–1-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-noyabrda kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 29–30-noyabrda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 2–7 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//