Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni targʻib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy oʻrganish va tahlillar olib borilmoqda.
Xabarga koʻra, yaqinda ana shunday veb-saytlarning 30 ga yaqini bloklangan.
Maʼlumot uchun, qoʻmita reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar koʻrish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻygan boʻlib, bunda tomonlar bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targʻib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari koʻradi.
Aniqlik kiritilishicha, amalga oshirilgan ishlar natijasida Raqobat qoʻmitasi tomonidan bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash boʻyicha AOKAga takliflar kiritilgan boʻlgan. Shundan 30 ga yaqin saytga belgilangan tartibda chora koʻrilgan.
Xabarda bloklangan platformalar haqida maʼlumot berilmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q