Xitoyda dunyodagi eng yirik banklardan birining raisi oʻlim jazosiga hukm qilindi

Saqlash
10:42 / 27.11.2024 102 0

Dunyodagi eng yirik banklardan biri Bank of China sobiq boshqaruv raisi Lyu Lyange pora olgani uchun oʻlim jazosiga hukm qilindi.

 

Maʼlum boʻlishicha, sobiq rahbar aybini tan olgani va oʻgʻirlangan pul va mol-mulkning katta qismini qaytargani uchun oʻlim jazosi darhol amalga oshirilmaydi.

 

“26-noyabr kuni Xitoyning Shandun provinsiyasi sudi sobiq partiya qoʻmitasi kotibi va Bank of China boshqaruv raisi Lyu Lyange poraxoʻrlik uchun ikki yilga kechiktirilgan oʻlim jazosini tayinlab, umrbod siyosiy huquqlardan mahkum etadi va barcha shaxsiy mulki musodara qilinadi”, deyiladi xabarda.

 

Hukmning 2 yilga kechiktirilishi – agar u shu muddat ichida yangi jinoyatga qoʻl ursa, jazo ijrosi amalga oshirilishini anglatadi. Agar u boshqa jinoyat sodir etmasa, umrbod qamoq jazosini oʻtaydi.

 

Maʼlumot uchun, Bank of China Xitoyning “Katta toʻrtlik” banklariga kiruvchi, eng qadimgi banklardan sanaladi. U 1942-yilgacha pul emissiyasida ishtirok etgan banklardan biri boʻlgan. Bugungi kunda mamlakatdagi markaziy bank vazifasini Xitoy Xalq banki bajarmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//