Jamiyat
Kecha, 26-noyabr kuni Prezident temir yoʻl va aviatsiya sohasidagi davlat kompaniyalarida transformatsiya jarayonlarining borishiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston havo yoʻllari hali aholini rozi qiladigan darajaga yetgani yoʻqligi haqida gapirdi.
Jumladan, xalqaro reyting olib, tashqi bozorga chiqish kechikyapti. Oqibatda, tannarx yuqoriligi uchun chipta narxida sezilarli oʻzgarish yoʻq. Xarajatlarni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi sust.
Shu boisdan konsalting kompaniyasi jalb qilinib, transformatsiya boʻyicha aniq dastur va “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Taʼkidlanishicha, “Uzbekistan Airports” tizimida asosiysi – xizmatlarni koʻpaytirish va xususiy sheriklikni kengaytirish.
Endilikda shu maqsad bilan Namangan, Andijon, Buxoro va Urganch aeroportlari xususiylashtiriladi.
Mazkur amaliyotga Samarqand aeroporti xususiy boshqaruvga berilgach, parvozlar va yoʻlovchilar soni 5 barobar oshgani asos boʻlgan.
Xabarga koʻra, yil yakunigacha aeroportlarda qoʻshimcha xizmatlarni 2 karra koʻpaytirish, daromadni 25 foiz oshirish moʻljallangan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74539
Jamiyat
//
Izoh yo‘q