Jamiyat
Bugun, 26-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda bir qator hujjatlar qatorida “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Mazkur jarayon davomida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlar toʻgʻri sarflanishi masalasiga toʻxtalib oʻtdi.
“Taʼlim tizimiga juda katta pul ajratilyapti. Bu juda toʻgʻri, biz buni qoʻllab-quvvatlaymiz. taʼlim va tarbiya tizimida, islohotlarni biz muvaffaqiyatga erishmasak iqtisodiy barqaror rivojlanish maqsadlariga erisholmaymiz. Shu sababli bu juda muhim. Lekin ”50 trln (so'm)ga yaqin oʻqituvchilarning maoshiga rejalashtirilgan mablagʻdan biz kutgan natijaga erisha olamizmi, yoʻqmi?” degan savolni biz qoʻydik.
Biz bu savolni doimo Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qoʻyamiz. Lekin kecha biz buni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qoʻydik. Aytdik: Oʻqituvchi faoliyatining samaradorligini oʻlchash uchun birorta tizimimiz bormi? Biz yaxshi oʻqituvchiga koʻp oylik, yomon oʻqituvchiga kam oylik berish orqali maktabda oʻqituvchining raqobat tizimini yarataylik. Oʻqituvchi bolalarimizga yaxshi bilim bersin. Yaxshi bilim berayotgan oʻqituvchiga koʻp oylik beraylik, raqobatbardosh boʻlmagan oʻqituvchi kam oylik olib, tizimdan chiqib ketishiga ham rozimiz. Bizning farzandlarimiz eng yaxshisiga munosib. Aynan shu sababli ajratilayotgan mablagʻga eʼtirozimiz yoʻq. Uning uning samaradorligini oshirish boʻyicha tizim ishlab chiqarish masalasida vazirlikka taklifimizni kiritib keldik”, dedi u.
Maʼlumot uchun, majlisda Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q