Jamiyat
Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryoda 2008-yilda tugʻilgan qizning 2 nafar farzandi bor” sarlavhasi ostida video tarqaldi.
Mazkur holat boʻyicha Bolalar ombudsmani oʻrganish oʻtkazdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 21-noyabr kuni blogerlik bilan shugʻullanuvchi A.Sh. (erkak), J.N. (2003-yilda tugʻilgan erkak) va S.R. (2005-yilda tugʻilgan ayol) bilan oʻzaro kelishgan holda, S.R. va J.N.lar goʻyoki oʻzlarini 15 va 17 yoshdagi voyaga yetmagan ota-ona deb koʻrsatib, videomaterial tayyorlashgan. A.Sh. esa video davomida erta nikoh holatini ijobiy sharhlab, haqiqatga zid vaziyat aks etgan ushbu videoni oʻz Instagram sahifasiga joylagan.
Bolalar ombudsmani soʻroviga koʻra, erta nikohni targʻib qilish mazmunidagi bu holat boʻyicha bloger A.Sh. ning xatti-harakatlariga baho berish maqsadida tuman IIB tomonidan joriy yilning 25-noyabrida ish hujjatlari JIB Termiz shahar sudiga yuborilgan.
Sud tomonidan toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqilib, fuqaro A.Sh. MJtKning 202–2-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan BHMning 4 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
J.N. va A.Sh. lar esa bunday nomaqbul harakatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ogohlantirilgan.
“Bu borada Bolalar ombudsmani pozitsiyasi – nikoh yoshida boʻlmagan, yaʼni voyaga yetmagan shaxs bilan nikohni targʻib qilishga qaratilgan har qanday harakatlarni taqiqlovchi maxsus qonun normalari joriy etilishi zarur!
Bola manfaatlariga zid bunday holatlarga jamiyatimizda mutlaqo oʻrin yoʻq, ularga batamom barham berish kerak”, deya taʼkidlanadi xabarda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2019-yildan boshlab, erkaklar va ayollar uchun yagona nikoh yoshi 18 yosh etib belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q