Oʻzbekistonda sudlanganlikning huquqiy oqibatlari qanday?

Saqlash
12:02 / 26.11.2024 78 0

Oʻzbekistonda sudlanganlikning bir qator huquqiy oqibatlari mavjud.

 

Advokat Behzodbek Gʻaniyevning yozishicha, sudlanganlik jinoiy javobgarlikni kuchaytiruvchi holat hisoblanadi.

 

Sudlanganlik muayyan hollarda shaxsni oʻta xavfli residivist deb topilishiga asos boʻladi.

 

Bundan tashqari, shaxs oldin ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtagan boʻlsa va yana jinoyat sodir etsa, jazoni ijro etish koloniyasi turini belgilash uchun ilgari sudlanganlik ahamiyat kasb etadi.

 

Shuningdek, sudlanganlik jazoni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida eʼtirof etiladi.

 

Ilgari sodir etilgan jinoyati uchun jazo oʻtayotgan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilgan hollarda esa sudlanganlik qattiqroq qoidalar qoʻllanilishiga sabab boʻladi.

 

Sudlanganlik holatining mavjudligi ayrim asoslar boʻyicha, masalan, aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi, alohida hollarda esa (ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar uchun sudlanganlik holati mavjud boʻlganda), yarashuv asosida jinoiy javobgarlikdan ozod etilishiga toʻsqinlik qiladi.

 

Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati mavjud shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.

 

Shu bilan birga, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati mavjud shaxslar advokat, notarius boʻla olmaydi. Harbiy xizmatga chaqirilmaydi.

 

Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlarga ham qabul qilish man etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//