Jamiyat
Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd qilishda ayblanayotganlar qoʻlga olindi. Bu haqida Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Unga koʻra, suiqasd qilish bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davomida hodisa sodir boʻlgan joy va ayblanuvchilar boshqaruvida boʻlgan avtomashinalar koʻzdan kechirilgan va ular istiqomat qilgan xonadonlarda tintuv oʻtkazilgan. Natijada, mazkur ishga aloqador boʻlgan ashyoviy dalillar aniqlangan.
“Oʻtkazilgan tergov va tezkor–qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador boʻlgan jami 7 nafar shaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi, shuningdek 2 nafariga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan edi”, deyiladi bayonotda.
Maʼlum boʻlishicha, qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi K.S.ning Qozogʻiston Respublikasida yashiringan manzili ham aniqlanib, uning ishtirokida tergov harakatlari olib borilgan.
Bundan tashqari, qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreya Respublikasida qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstradisiya qilingan.
Bosh prokuratura tergov harakatlari davom etayotganini bildirgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q