“Hukumat”, “aholi”, “davlat”. Prezident parlament majlisidagi nutqida eng koʻp qaysi soʻzlarni ishlatdi?

Saqlash
15:57 / 25.11.2024 33 0

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi soʻzlagan nutqini lingvistik tahlil qilib, uning natijalarini maʼlum qildi.

 

Taʼkidlanishicha, nutqda Prezident jami 3318 ta soʻzdan foydalangan boʻlib, ular ichida “hukumat” soʻzi eng koʻp ishlatilgan – 29 marta. “Aholi” va “davlat” soʻzlari esa 18 marta qoʻllanilgan. Bundan tashqari, “rahbar” soʻzi 16 marta, “qonun” hamda “dastur” soʻzlari 15 marta, “iqtisodiyot” soʻzi 14 marta va “tizim” soʻzi 13 marta aytilgan.

 

Keyingi oʻrinlarda “mamlakat”, “deputat” (9 martadan), “Oʻzbekiston”, “xalqimiz”, “xizmat”, “sifat”, “parlament” (8 martadan), “investitsiya”, “imkoniyat”, “vazirlik” (7 martadan), “energiya”, “taʼlim” va “yoshlar” (6 martadan) soʻzlaridan eng koʻp foydalanilgan.

 

“Ikki soʻzli iboralarni tahlil qilib, shuni taʼkidlash mumkinki, “Vazirlar mahkamasi” iborasi 6 marta, “Markaziy Osiyo”, “Bosh vazir” iboralari 5 marta, “yangi hukumat” iborasi 4 marta qoʻllanilgan. “Yangi Oʻzbekiston”, “tashqi siyosat”, “kambagʻallikni qisqartirish” iboralari esa 3 marta tilga olingan” , deyiladi tahlilda.

 

Tarmoqlar boʻyicha gapirilganda esa soʻzlarning qoʻllanilishi quyidagicha koʻrinish olgan:

▪️ Yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha — “aholi”, “mahsulot”, “imkoniyat” va “tizim”;

 

▪️ Iqtisodiy oʻsish surʼatini oshirish boʻyicha — “hukumat”, “eksport”, “investitsiya”, “xizmat” va “texnologiya”;

 

▪️ Kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha — “mahalla”, “oila”, “aholi”, “dastur” va “taʼlim”;

 

▪️ Iqtisodiyot va aholi daromadlarini oʻstirish yoʻnalishi boʻyicha — “sanoat”, “energiya”, “hukumat”, “daromad” va “investitsiya”;

 

▪️ Sogʻliqni saqlash, taʼlim va sportni rivojlantirish boʻyicha — “hukumat”, “tibbiy”, “taʼlim”, “sifat” va “maktab”;

 

▪️ Davlat xalqqa xizmat koʻrsatishi shartligi taʼkidlashda — “Qonun”, “rahbar”, “hukumat”, “hamkorlik”, “parlament”, “deputat”, “davlat” va “sifat”;

 

▪️ Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilishda — “Osiyo”, “davlat”, “mintaqaviy” va “hamkorlik”;

 

▪️ 2025-yilni nomlash boʻyicha — “yashil energiya”, “iqlim”, “atrof-muhit” va “asrash”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//