Andijon viloyatida ikkita institut birlashtiriladi

Saqlash
15:01 / 25.11.2024 71 0

Prezident qarori bilan Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.

 

Yangi oʻquv muassasasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlaridan biri avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlarni tayyorlashdir.

 

Bundan tashqari, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

▪️ energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;

 

▪️ talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;

 

▪️ talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;

 

▪️ bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun darslar alohida guruhlarda xorijiy tillarda oʻtkaziladi.

 

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini yangi institutda davom ettiradi.

 

Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab mazkur institut diplomi beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//