Jamiyat
“Taʼlim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi (bundan ijtimoiy soliq mustasno).
Bundan tashqari, mazkur muassasalarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlamaydi.
Shuningdek, 2030-yilning 1-yanvariga nodavlat bogʻcha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining quyidagi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):
▪️ zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
▪️ kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
▪️ oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
2025-yilning 1-yanvaridan boshlab esa nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish boshlanadi.
Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.
Nodavlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reyestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida oʻz malakalarini bepul oshirishi mumkin boʻladi. Bunda xarajatlar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q