Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining rahbar lavozimlarida oʻzgarish boʻldi.
Jumladan, Bahodir Nizomovich Qurbonov Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.
Qurbonov 1969-yil 29-iyul Jizzax viloyatida tugʻilgan.
U 2013-yil 24-dekabrdan 2015-yil 27-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimida ishlagan. 2015-yilda esa Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. 2017-yil 14-yanvarda unga general mayor unvoni berilgan.
2018-yil 12-fevraldan 2019-yil 11-fevralgacha Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni sifatida faoliyat yuritgan.
Qurbonov 2019-yil beri Oʻzbekiston mudofaa vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi. Unga, shuningdek, 2024-yilda general-polkovnik harbiy unvoni berildi.
2020-yil 15-avgustdan boshlab Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston aralash yakkakurashlar assotsiatsiyasi (MMA) raisi ham hisoblanadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Abdusalom Abdumavlonovich Azizov esa lavozimidan ozod etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga oʻtkazildi.
Azizov 2019-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
2024-yil 23-noyabr kunidan boshlab esa u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritadi.
Azizov, shuningdek, 2019-yil 15-iyuldan hozirgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi sanaladi.
Bundan tashqari, Prezident farmoni bilan Shuhrat Gʻayratjonovich Xolmuhammedov Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi lavozimidan ozod etildi. Xolmuhammedov endilikda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri sifatida ish faoliyatini davom ettiradi.
U bundan oldin mudofaa vazirining oʻrinbosari, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari, favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q