Jamiyat
Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudida Qobil Doʻsovga (1984-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan) oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining sudyasi S. Mamadiyev raisligida birinchi instansiyada koʻrib chiqildi.
“Sud sudlanuvchining jinoyat sodir etishdagi aybi jabrlanuvchining koʻrsatmasidan tashqari, jinoyat ishida toʻplangan dalillar bilan, yaʼni jabrlanuvchilarning arizasi, tushuntirish xatlari, guvohlarning koʻrsatmalari, sudga doir lingvistik ekspertizalar xulosalari, yozuvlar skrinshoti, Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Kabul Dusov” nomli profilni va Telegram messenjeridagi “Kobul Dusov | RASMIY KANAL” nomli kanalni koʻzdan kechirish bayonnomasi, sudga doir kompleks ekspertizalar xulosalari hamda jinoyat ishi boʻyicha barcha toʻplangan, tekshirilgan, ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholangan dalillar bilan toʻliq isbotlangan deb hisobladi», deyiladi Oliy sud matbuot kotibining xabarida.
Yakunda sud hukmiga muvofiq Doʻsov jabrlanuvchi F. Boqiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 1-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksining 140-moddasi, 3-qismi “a” bandi.
Jinoyat kodeksining 48-1-moddasiga (ozodlikni cheklash) asosan Doʻsovga sutkaning muayyan vaqti, yaʼni kech soat 21:00 dan ertalabki soat 07:00 ga qadar yashash joyidan chiqish cheklanishi va unga qoʻshimcha internetdan foydalanmaslik, ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik, har oyda bir marotaba yashash joyi boʻyicha IIO FMB Probatsiya boʻlimidan roʻyxatdan oʻtib turish hamda mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini oʻzgartirmaslik kabi taqiqlar yuklanishi belgilangan.
Bundan tashqari, mazkur jinoyat ishi boʻyicha manfaatdor taraflarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqlari mavjudligi tushuntirilgan.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berishi va protest keltirishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q