Jamiyat
29-noyabrdan 1-dekabrga qadar Toshkent shahridagi Milliy kino sanʼati saroyida IX Yevropa filmlari festivali boʻlib oʻtadi.
Xabarga koʻra, unga tashrif buyuruvchi tomoshabinlar Ukraina, Avstriya, Shvetsiya, Germaniya, Sloveniya, Bolgariya, Latviya, Iroq, Finlyandiya, Estoniya, Islandiya, Lyuksemburg, Belgiya, Polsha va Italiya filmlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Festival Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikning 30-yilligiga bagʻishlangan boʻlib, madaniy almashinuv va doʻstlik ramzi hisoblanadi.
Kinolar quyidagi tartibda namoyish qilinadi:
29-noyabr kuni
▪️ 11:00 — “Mermaids Don't Cry” (Avstriya) – oʻz-oʻzini izlash haqida zamonaviy ertak;
▪️ 14:00 — “Imad's childhood” (Shvetsiya, Iroq, Latviya) – urushdan aziyat chekkan bola haqida hujjatli hikoya;
▪️ 19:00 — “The naked truth about band “Zhiguli” (Bolgariya) – muvaffaqiyat uchun ikkinchi urinish haqidagi taʼsirli komediya.
30-noyabr kuni
▪️ 11:00 — “Luxembourg, Luxembourg” (Ukraina) – ikki aka-uka haqida taʼsirli hikoya;
▪️ 14:00 — “Lola” (Irlandiya) – kelajakda boʻladigan radioeshittirishlarni tutib qolish qurilmasini ixtiro qilgan opa-singillar haqida hujjatli film;
▪️ 19:00 — “The Man Without Guilt” (Sloveniya) – kechirim va qutqarish haqida drama.
1-dekabr kuni
▪️ 11:00 — “Any Day Now” (Finlyandiya) – qolish huquqi uchun kurashayotgan qochqin oilaning hikoyasi;
▪️ 14:00 — “Trained To See: Three Women and The War” (Germaniya) – Ikkinchi jahon urushidagi urush muxbirlari haqida hujjatli film;
▪️ 19:00 — “Niebezpieczni dzentelmeni” (Xavfli janoblar) (Polsha) – jinoyat haqida kulgili hikoya.
Maʼlumot uchun, filmlar asl tilida subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91308
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q