Jamiyat
Joriy yilning 14-noyabrida “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, endi oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz olinadi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-fevraldan boshlab bir qator chora tadbirlarning amalga oshirilishi belgilandi.
Jumladan:
▪️ oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat toʻliq oila boʻlishi talabi bekor qilinadi;
▪️ 30 yoshga toʻlgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;
▪️ ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;
▪️ yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablagʻlar tarbiyalanuvchilar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi.
2025-yilning 1-martidan esa yolgʻiz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga toʻlguniga qadar maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun BHMning 1 yarim baravarigacha (562 ming 500 soʻmgacha) miqdorda moddiy yordam koʻrsatiladi. (Eslatma: bunda moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi).
Farmonda, shuningdek, “Inson” markazlari bolaning sogʻligʻini tiklash va reabilitatsiyasi uchun qoʻshimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish boʻyicha sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etilishi aytiladi.
Endilikda aliment toʻlayotgan ota yoki onaning moddiy ahvolidan qatʼi nazar davlat yoki nodavlat muassasalarning toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bolaga toʻlanayotgan aliment miqdorini sud tomonidan kamaytirish yoki uni aliment toʻlashdan ozod qilinmaydi.
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q