Prezident Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinladi. Vazirlar tarkibi o‘zgarishsiz qoldi

Saqlash
17:33 / 21.11.2024 314 0

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar maʼqullandi. Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi.

 

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq Prezident tomonidan:

 

Achilbay Jumaniyazovich Ramatov – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;

 

Djamshid Anvarovich Kuchkarov – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri;

 

Jamshid Abduxakimovich Xodjayev – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;

 

Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi;

 

Laziz Shavkatovich Kudratov – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;

 

Botir Erkinovich Zaxidov – Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri;

 

Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri;

 

Shavkat Raximovich Xamrayev – Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri;

 

Sherzod Saidjanovich Xidoyatov – Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri;

 

Ilxam Rustamovich Maxkamov – Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri;

 

Joʻrabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov – Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri;

 

Bobir Farxadovich Islamov – Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri;

 

Sherzod Xotamovich Shermatov – Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri;

 

Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov – Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri;

 

Asilbek Anvarovich Xudayarov – Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri;

 

Xilola Uktamovna Umarova – Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri;

 

Kongratbay Avezimbetovich Sharipov – Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;

 

Adxam Ilxamovich Ikramov – Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri;

 

Ozodbek Axmadovich Nazarbekov – Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri;

 

Akbar Djurabayevich Tashkulov – Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri;

 

Baxtiyor Odilovich Saidov – Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri;

 

Abdulla Xamidullayevich Kuldashev – Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri;

 

Poʻlat Razzaqovich Bobojonov – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri;

 

Baxodir Nizamovich Kurbanov – Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri etib tayinlandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.

 

Prezident farmonining ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov zimmasiga yuklatildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//