Jahon
Turkiyalik Ummuxan Oʻzden ismli qiz stendap chiqishida oʻzbeklarni fohishaga qiyosladi.
“Bor-yoʻgʻi bechora bir koʻchmanchi qizman. Koʻchmanchi sifatida qilolmagan 2 ish bor: biri adolatsizlik, ikkinchisi – ulama kiprik. Oʻzbek fohishalariga oʻxshab qolaman” – deydi u.
Holat yuzasidan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi. Unga koʻra, Turkiya Respublikasi vakolatli idoralari bilan Ummuxan Oʻzdenning ushbu xatti-harakatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Munosabatda shuningdek, Oʻzden bildirgan fikrlar uning shaxsiy qarashlari ekani, bu qardosh turk xalqining Oʻzbekistonga nisbatan munosabatini anglatmasligi taʼkidlanadi.
“... Ushbu holat ikki birodar xalqlar oʻrtasidagi oliy darajadagi doʻstlik hamda mustahkam hamkorlik aloqalariga taʼsir oʻtkazmasligiga ishonamiz. Qolaversa, har bir davlat oʻz xalqining shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega ekanligidan foydalanib, Turkiya Respublikasi vakolatli idoralari bilan U. Oʻzdenning ushbu xatti-harakatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilayotganini maʼlum qilamiz” – deyiladi xabarda.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
109706
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73050
Jamiyat
//
Izoh yo‘q