
Jahon
Buyuk Britaniyada 16 yoshdan kichik bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga taqiq o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda mamlakat texnologiya vaziri Piter Kaylga tayanib, BBC nashri xabar berdi.
Today dasturidagi chiqishi davomida vazir internet foydalanuvchilari, xususan, bolalarning xavfsizligini ta’minlash uchun “barcha ishni qilishini” bildirdi. U smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga ta’sirini o‘rganuvchi tadqiqotlar davom ettirilishini ma’lum qildi. Kaylning ta’kidlashicha, ayni vaqtda bu borada “ishonchli va ekspertlar tomonidan tasdiqlangan dalillar yo‘q”.
Kayl o‘zining ustuvor maqsadlarini Internet xavfsizlik to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, qo‘shimcha vakolatlarni o‘z zimmasiga olgan Ofcom regulyatoriga yo‘llagan “strategik niyat maktubi”da bayon qilgan. Molli Rouz fondi mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, “Ofcom yanada jasoratli bo‘lishi kerakligi”ni ta’kidladi.
“Bizning tadqiqotimiz aniq. Jamoatchilik va ota-onalar texnologik kompaniyalarga mas’uliyat burchini yuklaydigan qonunning yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi va bosh vazir yakuniga yetmagan mazkur ishni oxirigacha olib borish uchun tez, keskin harakat qilishi kerak”, deyiladi xabarda.
Freeths yuridik firmasi vakili Ion Silverman ijtimoiy tarmoqlarning taqiqlanishini “muammolar dengizidan tomchi” deb atab, o‘smirlar internet materiallariga kirishning boshqa usullarini topishini ma’lum qilgandi. “Hukumat keng ko‘lamda fikrlashi kerak: bu madaniy turtki talab qiladigan muammo, shuningdek, qonunchiligimiz ham texnologiyalardan ortda qolmay, ulardan bir qadam oldinda yurishi kerak”, degan u.
Avvalroq Norvegiya va Avstraliya 16 yoshga bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklashni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q