Jahon
Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda yosh chegaralarini belgilamoqchi. Unda 14-16 yoshdagi bolalar va oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taʼqiqlanishi koʻzda tutilgan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albaneze xabar berdi.
Hukumat rahbariga koʻra, 2024-yil yakuniga qadar imzolanishi kutilayotgan ushbu qonun “Onlayn-tahdidlardan bolalar himoyasini taʼminlab, internet yoshlarga yetkazishi mumkin boʻlgan zararni kamaytirishga yordam beradi”.
“Ijtimoiy tarmoqlar jamiyatga zarar yetkazib, bolalarni haqiqiy doʻstlikdan mahrum qiladi va ularning hayotiy tajriba orttirishiga toʻsqinlik qiladi” – taʼkidladi Albaneze.
Vazirning ABC radiosiga bergan intervyusiga koʻra, hukumat mamlakat farzandlari haqiqiy hayotda real insonlar bilan muloqot qilish tajribasini oʻzlashtirishi uchun telefon va boshqa gadjetlaridan chalgʻib, futbol polyasi, voleybol maydonchasiga chiqib oʻynashini, basseynlarga borishini xohlaydi.
U shuningdek, joylanadigan kontent uchun texnologik platformalar va ijtimoiy tarmoq administratorlari, ularga kirish imkoni uchun esa tashkilot javobgarligini aytdi.
Hukumat tegishli qonunni 2024-yil yakuniga qadar imzolashni rejalashtirgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q