Jamiyat
Yil boshidan buyon 878 ta dorixona (295 ta ulgurji va 583 ta chakana) tomonidan 107 773 ta holatda isteʻmolchilardan 7 mlrd soʻmdan ziyod ortiqcha toʻlovlar undirilgan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruvlar natijalariga koʻra, ortiqcha toʻlangan mablagʻlar isteʻmolchilarga qaytarildi, deyiladi xabarda.
Jumladan, 405 ta dorixonada (162 ta ulgurji va 243 ta chakana) dori vositalari narxlari oshirilgani sababli asossiz ravishda olingan 2 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ 58 318 ta holatda isteʻmolchilar foydasiga qayta hisoblab chiqilib, ularning huquqlarini tiklash choralari koʻrilgan.
Shuningdek, dori vositalari narxlarining oshirilishi yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolardan 800 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularni koʻrib chiqish natijasida 100 mln soʻmga yaqin pul mablagʻ isteʻmolchilarga qaytarilgan.
2023-yil may oyida Raqobat qoʻmitasi FAIR Tech axborot tizimida alohida modulni joriy qilgandi. “Soliq” mobil ilovasi orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish bilan bogʻliq kvitansiyalarning QR kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishda belgilangan ustamalardan ortiq miqdor aniqlansa, tizim avtomatik ravishda qoʻmitaga bildirishnoma yuboradi. Keyin ortiqcha miqdor isteʻmolchiga qaytariladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji va chakana savdosi maksimal savdo ustamalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ulgurji savdo uchun bu xarid narxining 15 foizidan, chakana savdo uchun esa ulgurji narxning 20 foizidan koʻp emas.
Qoʻmita dorixonalarga narxlarni belgilashda amaldagi talablarga rioya qilish va oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga qatʻiy rioya qilgan holda olib borish zarurligini eslatdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q