Jamiyat
“Hududgaztaʼminot” AJ bugungi kunda isteʼmolchilarga yengillik beruvchi ikkita ilovani taqdim qildi:
▪️ “Hudud Gaz Taʼminot”;
▪️ “Avto24”.
Yuqoridagilardan birinchisi gaz sarfi va xarajatlarini onlayn rejimda kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova boʻlib, isteʼmolchilar uni Android hamda iOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishi mumkin.
Mazkur dasturda fuqarolar uchun bevosita kunlik va oylik kesimda tabiiy gaz isteʼmolini kuzatib borish hamda gaz hisob raqamlariga toʻlov qilish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, suyultirilgan gaz isteʼmolchilari “Hudud Gaz Taʼminot” mobil ilovasi yordamida oʻz hisoblarini toʻldirish va biriktirilgan ballonlar roʻyxatini koʻrib borishi ham mumkin.
Ikkinchi, “Avto24” mobil ilovasi esa avtoulovi bor fuqarolarga yordamchi dastur hisoblanadi. U foydalanuvchilarga yoqilgʻi quyish, gaz toʻldirish va elektr quvvatlash shoxobchalari haqida maʼlumot beradi.
Energetika vazirligi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan ishlab chiqilgan ilova haydovchiga hatto narxlarni taqqoslash, real vaqt rejimida mavjud yoqilgʻining narxi, zaxirasi va qulayliklari haqida axborotlarni berish bilan birga, borar manzil hamda vaqtni aniq rejalashtirish kabi imkoniyatlarni yaratadi.
Isteʼmolchilar ilova yordamida oʻzlariga maʼqul manzilning reytingini koʻtarish, yoqilgʻi sifati hamda narxi haqida sharh qoldirishlari ham mumkin.
Maʼlumot uchun, ilovalar hozirda test sinovida ishga tushirilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q