Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida oʻtayotgan yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev bugun nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyodagi koʻplab mamlakatlar iqlim oʻzgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini qayd etdi.
“Havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, choʻllanish, qazilma yoqilgʻilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning koʻpayishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sogʻligʻiga zarar yetkazmoqda”, dedi davlat rahbari.
Mazkur tabiiy oʻzgarishlarga javoban mamlakatda uch yil avval “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlandi. Qoʻshni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oshirishga kirishildi. Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish universiteti tashkil etildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan bu borada qabul qilingan ikkita muhim rezolyutsiyaning tashabbuskori boʻldi.
Ayni vaqtda esa “yashil” energetika davlat iqtisodiyoti drayverlaridan biriga aylanmoqda.
Bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezident 2025-yilni Oʻzbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109722
Jamiyat
94101
Jamiyat
89888
Jamiyat
73089
Jamiyat
//
Izoh yo‘q