Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida yoshlar ong-u tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.
Prezident ularni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oshno etish uchun hech narsani ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilishini taʼkidladi.
“Bugun faqat mana shunday ilgʻor yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi.
Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk boʻladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, yigʻilishda ayni vaqtda jamiyatdagi ochiqlik va erkinlik muhitini, millatlar va dinlar oʻrtasidagi ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, soʻz va matbuot erkinligi, vijdon erkinligini taʼminlash boʻyicha boshlangan ishlar davom ettirilishi maʼlum qilindi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q