Jamiyat
Davlat rahbari ishtirokida oʻtayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Avvalo ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini odamlarga yanada yaqinlashtirish lozimligi taʼkidlandi.
Prezident xalq davlat idoralariga emas, aksincha, davlat tashkilotlari xalqqa, uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi zarur, degan talab barcha rahbar kadrlar faoliyatining asosiy mezoni ekanini eslatar ekan, qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli oʻzgarish qilishi kerakligini urgʻuladi.
Buning uchun esa qonunlar ijrosi Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitasi va masʼul ijro etuvchi organ bilan birgalikda oʻrganib borilishi zarur.
“Ijro etuvchi hokimiyat organlari qarorlar qabul qilishda qonuniylikni, ularning asoslangan boʻlishini taʼminlashi lozim”, dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, keyingi vaqtda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik bilan maslahat qilishda qonunlarda belgilangan talablarga hamisha ham rioya etilmayotganiga eʼtiroz bildirdi.
Shu sababli Adliya vazirligiga bir oy muddatda bu masala boʻyicha takliflarni Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasi bilan birga muhokama qilish va Hukumatga kiritish topshirildi.
Hukumatning qonunchilik tashabbusi bilan Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari sifatini oshirish ham dolzarb masala boʻlib turibdi.
“Davrning oʻtkir talablariga javob beradigan, sifatli, amaliyotda samarali ishlaydigan qonunlarni qabul qilish Oliy Majlisning eng muhim vazifasi, kerak boʻlsa, uning obroʻsidir.
Bu borada taniqli xitoy faylasufi Shan Yanning “Yaxshi qonun – xalqqa hurmat ifodasidir”, degan soʻzlarini eslash oʻrinli, deb oʻylayman. Har bir qonunda shunday hurmat namoyon boʻlishi kerak. 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil boʻlsin, xalqimizga xizmat qilsin”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q