Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻallikdan farovonlik sari” kompleks dasturi haqida gapirdi.
Maʼlumki, endilikda koʻp qirrali yondashuvlar asosida kambagʻal oilalarning aʼzolariga sifatli taʼlim berish, ularni kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, sogʻligʻini yaxshilash, psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha individual koʻmak berish paketlari boʻlishi belgilandi
2025-yilda esa 1 million aholini kambagʻallikdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy kompleksining asosiy vazifasi boʻladi.
Shu maqsadda kambagʻal oilalarning bolalari maktablarda chet tili, kasb-hunar va IT boʻyicha bepul bilim olishi uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi.
Ijtimoiy ahvoli ogʻir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga ham 2 trln soʻm yoʻnaltiriladi.
Aynan kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga jami 46,5 trillion soʻm mablagʻ sarflanadi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q