Senatdagi qoʻmitalarning rahbarlari tayinlandi (foto)

Saqlash
18:17 / 19.11.2024 277 0

27-oktyabrdagi Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi yalpi majlisida Senatning qoʻmitalari va komissiyasini tuzish masalasi koʻrib chiqildi.

 

Unga koʻra, 7 ta qoʻmita hamda 1 ta komissiya tuzildi.

 

Tuzilmalar va ularning rahbarlari quyidagicha:

 

 

▪️ Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi – Erkin Fayziyevich Gadoyev

 

 

▪️ Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi – Abdulxakim Xushbokovich Eshmuratov

 

 

▪️ Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi – Qutbidin Nukritdinovich Burxanov

 

 

▪️ Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi – Baxrom Ismoilovich Abdullayev

 

 

▪️ Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi – Orzigul Moʻydinovna Qozixonova

 

 

▪️ Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi – Anvar Mirzaaxmedovich Tuychiyev.

 

“Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi” hamda “Odob-axloq komissiyasi”ga esa raislar tayinlanmadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//