Jamiyat
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari(Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari)da chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi. Bu boʻyicha Prezident qarori qabul qilindi.
Yangi tizimga koʻra, “Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusi, faol hayotiy pozitsiya” tamoyiliga asosan yangilangan CHQBT fanining oʻquv dasturi va darsliklari yaratiladi. Taʼlim tashkilotlarida ham CHQBT fani haftasiga ikki soatdan oʻqitiladi.
2025-yil 1-iyundan boshlab esa taʼlim tashkilotlarida CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilar oʻrtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak oʻyinlari boʻyicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari oʻtkaziladi.
Shuningdek, ziyolilar va nuroniylar ishtirokida “uch avlod uchrashuvlari” tashkil etiladi hamda harbiy xizmatchilar tomonidan motivatsion suhbatlar va mahorat darslari olib boriladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109722
Jamiyat
94101
Jamiyat
89888
Jamiyat
73089
Jamiyat
//
Izoh yo‘q