Siyosat
Joriy yilning 27-oktyabr kuni oʻtkazilgan Parlament saylovlariga muvofiq, Oliy Majlis palatalari yangi tarkibda shakllantirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasida Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, bugun, 19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.
Shunday boʻlsa-da, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turadi.
Ma'lumot o'rnida:
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 116 modda.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq oʻz faoliyatini davom ettirib turadi.
Vazirlar Mahkamasining oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi yangi shakllantirilgan Senatning birinchi majlisi oʻtkazilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Bosh vazir tomonidan yozma murojaat berish orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari oʻzining majlislarida Vazirlar Mahkamasining oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi toʻgʻrisidagi tegishli qarorlarni qabul qiladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q