Toshkent davlat agrar universitetining rektori oʻzgardi

Saqlash
14:37 / 19.11.2024 244 0

Narzullo Naimovich Oblomuradov Toshkent davlat agrar universitetining rektori boʻldi. Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan amalga oshirilgan.

 

 

Oblomuradov 2021-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan. Oʻsha yilgi Prezidentlik saylovida esa uning nomzodi Ekologik partiyasi tomonidan koʻrsatilgan. 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalariga koʻra, u 4,1 foiz ovoz olgan.

 

Shundan soʻng Narzullo Naimovich 2021-yil 30-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlangan.

 

U yangi rahbarlik lavozimidan oldin, yaʼni 2024-yil 3-iyundan buyon Toshkent davlat agrar universitetida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor boʻlib ishlab kelayotgan edi.

 

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktoriga ham yangi oʻrinbosar tayinlandi. Sevara Baxodirovna Shakirova mazkur lavozimni egalladi.

 

 

U bungacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//