Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Chiqindidan qarzi borlar tarmoqdan uzila boshlandi” mazmunidagi xabar tarqalmoqda. Holatga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy izoh bilan javob berar ekan, “mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini” maʼlum qildi.
Shuningdek, tashkilot hozirda mazkur amaliyot boʻyicha texnik ishlar olib borilayotgani haqida eslatib oʻtgan.
“Amaliyot toʻliq ishga tushirilishi bilan OAV orqali rasmiy xabar berilishini maʼlum qilgan qilgan holda, ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kanallar adminlaridan tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻraymiz”, deyiladi AJ izohida.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 4-yanvarida qabul qilingan Prezident farmonida chiqindi xizmatlari uchun oylik toʻlovlardan qarzdorligi boʻlgan abonentlarning elektr uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi belgilangan.
Chiqindidan qarzdorligi borligi haqida ogohlantirilgandan keyin ham toʻlov qilmagan shaxslarning elektr energiyasi uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyotini joriy qilish boʻyicha texnik ishlar mazkur farmonga asosan davom etmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74539
Jamiyat
//
Izoh yo‘q