Jamiyat
Kecha boʻlib oʻtgan Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisida oldingi 12 ta qoʻmita oʻrniga yangi tarkibdagi 10 ta qoʻmita tuzilib, ularning 9 tasiga raislar tayinlangani maʼlum qilindi.
Qoʻmitalar va ularning rahbarlari quyidagicha:
▪️ Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi – Ravshan Mamutov
.jpg)
Mamutov tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi hisoblanadi.
▪️ Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi– Sharofiddin Nazarov

Nazarov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi hisoblanadi.
▪️ Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi – Gulrux Agzamova

Agzamova Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi hisoblanadi.
▪️ Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi – Ilhom Abdullayev

Abdullayev Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi hisoblanadi.
▪️ Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi – Jahongir Shirinov

Shirinov Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi hisoblanadi.
▪️ Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi raisi – Bobur Bekmurodov

Bekmurodov tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi hisoblanadi.
▪️ Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisi – Nodir Jumayev

Jumayev tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi hisoblanadi.
▪️ Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi – Ulugʻbek Shermatov

▪️ Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi – Xayrullo Gʻafforov

Shuningdek, 10-qoʻmita “Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi” boʻlib, uning raislik oʻrni boʻsh qoldirildi.
Maʼlumot uchun, avval bu qoʻmitani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Mavluda Xodjayeva boshqargan.
Bundan tashqari, Ravshan Mamutov, Sharofiddin Nazarov, Ilhom Abdullayev hamda Jahongir Shirinov oldingi chaqiriqda ham Qoʻmita raislari sifatida faoliyat olib borgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109722
Jamiyat
94101
Jamiyat
89888
Jamiyat
73089
Jamiyat
//
Izoh yo‘q