
Jamiyat
Ertaga, 19-noyabr kuni “Milliy kino sanʼati saroyi” (Panorama) kinoteatrida bir nechta muhim va ajoyib filmlar namoyishlari oʻtkaziladi, deya xabar berdi Kinematografiya agentligi.
Soat 14:00 da boshlanadigan tadbirda ssenariy muallifi va rejissyor Eljon Abbosovning “Oʻzbekistonda kino sanʼati ustalari” turkumidagi hujjatli filmlari taqdim etiladi.
Ushbu turkumning markaziy filmlari “Shuhrat Abbosov”, “Nabi Gʻaniyev” va “Komil Yormatov” boʻlib, ular Oʻzbekiston kino sanʼati tarixidagi buyuk shaxslarning hayoti va ijodi haqida hikoya qiladi.
“Har bir filmning maqsadi – ushbu ustalarning sanʼatdagi oʻrni, ularning ijodi orqali oʻzbek kinosining yuksalishi va jahon kinosidagi oʻziga xosligini koʻrsatishdir”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, bu filmlar orqali tomoshabinlar nafaqat kino sanʼati tarixidan, balki Oʻzbekistonning madaniy merosi va uning kinoshunoslikdagi muvaffaqiyatlaridan xabardor boʻladi.
Tadbirga uzviy ravishda, oʻsha kunning oʻzida, (soat 18:00 da) kinoteatrda “Qaraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan (Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan) “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.
Agentlikning Axborot xizmatining taʼkidlashicha, ushbu film bilan Oʻzbekiston kino sanoatining yangi davrini boshlashi, innovatsion yondashuv va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bilan yana bir tarixiy bosqichga oʻtishi kutilmoqda.
“Shu tarzda, ushbu tadbirlar Oʻzbekiston kino sanoatining rivojlanishini koʻrsatish bilan birga, xalqaro maydonda oʻzbek kino sanʼatining yangi bosqichga oʻtganligini namoyish etadi”, deb yoziladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q