703 ta kon nomi oʻzbekchalashtirildi

Saqlash
15:12 / 18.11.2024 245 0

33 yil davomida ruscha nomlab kelingan 703 ta kon nomi oʻzbekchaga almashtirildi.

 

15-noyabr kuni qabul qilingan hukumat qarorida yozilishicha, ushbu geografik obyektlarning nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi 3 oy davomida ularga tegishli hujjatlar hamda maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.

 

OʻzA (Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi), OʻzMTRK (Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi) va AOKA (Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritib boradi.

 

Hujjatda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari (A.J.Ramatov) hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazir(B.F.Islamov)ga yuklatildi.

 

Konlarning oʻzgarilgan nomi ushbu havolada keltirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//