Jamiyat
Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi. Bu haqida Prezident qarorida maʼlum qilindi.
Hujjatga koʻra, 2025-yilda taʼlim sohasida sport amaliyotlarini keng ommalashtirish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Jumladan, keyingi yilning boshida to 1-martiga qadar boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari yosh toifasi boʻyicha harakatli oʻyinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari roʻyxati shakllantiriladi.
1-iyungacha esa maktab oʻquvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, oʻquvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi.
Hujjatda keltirilishicha, maktab sport klublari aʼzolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida oʻquvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etaladi(Bu bosqich 2025-yil 1-may sanasigacha bajarilishi belgilab qoʻyildi).
Shuningdek, yangi, 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab 5–11-sinflarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Aynan oʻsha yildan boshlab esa har yili anʼanaviy tarzda maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etib boriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q