Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalqimiz qoʻllab-quvvatlagan har bir taklif albatta koʻrib chiqilishi va amalga oshirilishini taʼkidladi.
Jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash haqidagi takliflari qoʻllab-quvvatlandi.
Prezidentimiz “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni oʻrgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qoʻshildi.
Oʻzbekiston Xalq-demokratik partiyasining nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, aholimizning pensiyaga chiqishdagi kafolatli huquqlarini yanada mustahkamlash boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining istirohat bogʻlari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash boʻyicha pozitsiyasi, dorilar ustidan nazoratni kuchaytirish, narxlar sunʼiy oshishini oldini olish, retseptsiz dorilar roʻyxatini qisqartirish boʻyicha intilishlarini maʼqulladi.
Ekologik partiyaning davlat organlari va korxonalar hududida yashil bogʻlar tashkil etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish boʻyicha dastur qabul qilish haqidagi takliflari qoʻllab-quvvatlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q