Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri etib qayta saylandi

Saqlash
11:37 / 18.11.2024 398 0

Bugun, 18-noyabr kuni tashkil etilgan Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisida, siyosiy partiyalar vakillari kengashining taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan Nuriddin Ismoilovni (OʻzXDP'dan saylangan) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladi.

 

 

Deputatlar Mavluda Xoʻjayeva, Rahimjon Hakimov esa Spiker oʻrinbosarlari boʻldi.

 

Maʼlumot uchun, Ismoilov 1959-yili Namangan viloyatida tugʻilgan.

 

Ixtisosligi huquqshunoslik boʻlib, yuridik fanlari nomzodi hisoblanadi.

 

U mehnat faoliyati davomida bir qator davlat idoralarida ishlagan. Jumladan, 1995–2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari ham raisi, 2001–2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspertlar guruhining rahbari, 2002–2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi sifatida faoliyat yuritgan.

 

2015-yil 12-yanvarda esa ilk bor Qonunchilik palatasi spikeri etib saylangan.

 

Nuriddin Ismoilov “Shuhrat” medali, “Doʻstlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//