Oliy Majlis Senati aʼzolari roʻyxatga olindi

Saqlash
09:30 / 18.11.2024 573 0

16-noyabr kuni boʻlib oʻtgan Markaziy saylov komissiyasi yigʻilishida Oliy Majlis Senati aʼzolari roʻyxatga olingani maʼlum qilindi.

 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF–187-son Farmoniga asosan tayinlangan Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatga olingan. Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan quyidagi 9 kishi senator etib tayinlangan:

▪️ Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli(Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori);

 

▪️ Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna(Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori);

 

▪️ Koʻchimov Abdusaid Koʻchimovich(Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori);

 

▪️ Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich(Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi);

 

▪️ Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori);

 

▪️ Safoyev Sodiq Solixovich(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari);

 

▪️ Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli(Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori);

 

▪️ Turdiyev Sodiqjon(Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi);

 

▪️ Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi).

 

Shuningdek, joriy yilning 7−12-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati aʼzolarini saylash boʻyicha oʻtkazilgan mahalliy Kengashlarning qoʻshma majlislari bayonnomalari muhokama qilinib, ular asosida Oliy Majlis Senati aʼzolarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan.

 

Jumladan, yangidan shakllangan Senatning sifat tarkibi quyidagicha boʻladi:

✔️ senatorlarning 26,4 foizini xotin-qizlar tashkil etdi;

 

✔️ 1 nafari – 30 yosh, 41,6 foizi – 40 yoshdan 60 yoshgacha, 56,6 foizi – 60 yoshdan kattalarni tashkil etdi;

 

✔️ 98,3 foizi oliy maʼlumotli boʻlib, 31,6 foizi ilmiy darajaga ega;

 

✔️ senatorlarning 25 foizi – iqtisodchilar, 13,3 foizi – huquqshunoslar, 26,6 foizi – pedagoglar, 13,3 foizi – muhandislar, 5 foizi – tibbiyot sohasi vakillari, 16,8 foizini esa – madaniyat sohasi vakillari, tadbirkor va fermerlar tashkil etadi.

 

Maʼlumot uchun, 2024-yil 18-noyabr kuni Qonunchilik palatasining, 2024-yil 19-noyabr kuni esa Senatning birinchi majlislari Toshkent shahrida chaqirilishi belgilangan(Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//