Talaba-oʻquvchilarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul oʻqitish rejalashtirilmoqda

Saqlash
17:38 / 15.11.2024 293 0

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼlum qilishicha, “Registon IELTS granti — 2024” tanlovi oʻtkaziladi.

 

Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan magistratura va bakalavr bosqichi talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey oʻquvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.

 

Loyiha bilan 1 000 nafar talaba-oʻquvchilarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul oʻqitish rejalashtirilmoqda.

 

Tanlov respublika miqyosida boʻlib, koʻzlangan maqsad iqtidorli yoshlarning chet tilini oʻrganishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishdir.

 

Talabgorlar 30-noyabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak.

 

Saralash jarayoni 2 bosqichli boʻladi.

 

Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//