Jamiyat
Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish uchun javobgarlik belgilanganmi?
Mazkur savolga “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi xodimi Mardiyev Xabibullo javob berdi.
“Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47(3)-moddasida nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish uchun javobgarlik belgilangan”, deydi mutaxassis.
Uning taʼkidlashicha, ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, mazkur masalaga oid norma Jinoyat kodeksining 136-moddasida ham keltirib oʻtilgan.
Mazkur bandga koʻra, ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda boʻlish uchun oʻgʻirlash, shuningdek, ayolning erga tegishiga toʻsqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, mazkur harakatlar huquqbuzarni uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashga ham asos boʻladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga binoan Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.
Nikoh Oʻzbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi”, deydi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi xodimi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q