Jamiyat
Kecha, 14-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi.
Hujjat 5 ta bob va 51 ta moddadan iborat boʻlib, qonun bilan bolaga nisbatan zoʻravonlik tushunchasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zoʻravonlikdan tashqari uning yangi shakllari — gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar ham eʼtirof etilgan.
Bundan tashqari, qonunning 7-moddasida bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar belgilab koʻrsatilgan.
Bular:
▪️ Vazirlar Mahkamasi;
▪️ Bolalar ombudsmani;
▪️ Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya;
▪️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
▪️ Prokuratura organlari;
▪️ Ichki ishlar organlari;
▪️ Milliy gvardiya organlari;
▪️ Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;
▪️ Yoshlar ishlari agentligi;
▪️ Taʼlim sohasidagi davlat boshqaruv organlari va taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari;
▪️ Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
▪️ Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
▪️ Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari.
Normada mutasaddi organlarning bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilishga oid maxsus vakolatlari, oʻzaro ishlash mexanizmi va masʼuliyati doirasi koʻzda tutilgan.
Shu bilan birga, qonunning 4-moddasida mazkur hujjatning asosiy prinsiplari sanab oʻtilgan:
✅ Qonuniylik;
✅ Insonparvarlik;
✅ Bolaning eng ustun manfaatlarini taʼminlash;
✅ Bolalarning huquqlari va imkoniyatlari tengligini taʼminlash;
✅ Bolalarning tahqirlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
✅ Bolaning oʻz manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishi;
✅ Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka boʻlgan murosasizlik;
✅ Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlikning muqarrarligi;
✅ Zoʻravonlikdan jabrlanuvchining huquqlarini tiklash.
Qonunda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning jami 6 ta shakliga taʼrif berilgan boʻlib, ularni sodir etishni taqiqlash hamda qonunga binoan taʼqib qilishning huquqiy asoslari mustahkamlangan (3-5-moddalar).
Bunda zoʻravonlik shakllari quyidagicha:
🟢 Jismoniy zoʻravonlik;
🟢 Jinsiy zoʻravonlik;
🟢 Ruhiy zoʻravonlik;
🟢Gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik;
🟢 Ekspluatatsiya;
🟢 Bulling.
Shuningdek, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga doir jami 7 ta yakka tartibdagi chora-tadbirlar ham keltirib oʻtilgan (23-24-moddalar):
✔️ himoya orderini berish;
✔️ bolalarni himoya qilish rejasi asosida ularga huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish;
✔️ bolalar oilalarini mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlash;
✔️ bolaning hayoti yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid mavjud boʻlgan holatlarda ota-onadan olish;
✔️ jinoyat protsessida bolalar uchun maxsus himoya choralarini taʼminlash;
✔️ zoʻravonlik sodir etgan shaxsni xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtishi;
✔️ jinsiy zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning huquqlarini cheklash.
Maʼlumot uchun, ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q