Faxriy donorlarga jamoat transportlari bepul boʻladi

Saqlash
09:32 / 15.11.2024 336 0

Kecha, 14-noyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Eʼtiborli jihati, takliflar qatorida donorlarni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish ham aytildi.

 

Jumladan, endi “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni olganlarga bir yoʻla beriladigan pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorini 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi.

 

Bundan tashqari, ularga jamoat transportidan bepul foydalanish hamda davlat sihatgohlarida davolanish jarayonida navbatsiz koʻrinish huquqlari beriladi.

 

Ushbu yangi tizim kelgusi yil 1-yanvardan joriy qilinishi belgilangan.

 

Maʼlumot uchun, “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishonini taʼsis etish boʻyicha Hukumat qarori 2014-yil 23-iyul kuni qabul qilingan.

 

 

Koʻkrak nishoni donorlarga har yili 14-iyunda – Jahon donor kunida taqdim etiladi.

 

Ushbu koʻkrak nishoni bilan oʻz qonini kamida 40 marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida 60 marta bepul topshirgan shaxs mukofotlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//