Qurʼoni Karimning yettinchi tarjimasi chop etildi

Saqlash
10:41 / 14.11.2024 386 0

Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi Qurʼoni Karimning mohir tarjimon Mirzo Kenjabek tomonidan tarjima qilingan “Anvorul-Qurʼon: “Fayzul-Furqon” nomli yettinchi tarjimasini chop etdi.

 

Akademik Akmal Saidovning yozishicha, mazkur nashr oʻzining yuqori sifati, betakror koʻrinishi bilan oʻquvchiga hayrat bagʻishlaydi.

 

“Nazarimizda, “Anvorul-Qurʼon: “Fayzul-Furqon” oʻzbek tilidagi yettinchi toʻliq tarjimadir. “Fayzul-Furqon” tarjimasi nashriga ancha oldin, yaʼni chorak asr ruxsat berilgan boʻlsa-da, mohir tarjimon Mirzo Kenjabek tarjimani tobora takomillashtirish maqsadida uni koʻp nusxada chop etishga shoshilmagan. Tarjimonning yozishicha, ushbu tarjima 2009-yil 19-mart kuni nihoyasiga yetgan, soʻnggi tahriri esa 2021-yil 6-aprelda tugallangan”, deb yozadi akademik oʻz maqolasida.

 

Tarjimaga mufassir, ilohiyot fanlari doktori, professor Hasan Tahsinning tarjimasi hamda taʼvil, izoh va sharhlari asos qilib olingan.

 

Maʼlumot uchun, turkiy-oʻzbek tilida, tafsirlar bilan qoʻshganda, Qurʼoni Karimning 10 dan ortiq izohli va sharhli, tafsirli va maʼnolari tarjimalari mavjud boʻlsa-da, ularning 6 tasi toʻliq tarjima qilingan edi. Endilikda ushbu nashr ham toʻliq holda 7-tarjima sifatida ularning qatoriga kirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//