Madaniyat
Ozarboyjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bagʻirov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobini taqdim etdi.
Kitobdan siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Mening Prezidentim” va “Millatparvar” kitoblaridan saralab olinib, shoir tomonidan ozarboyjon tiliga tarjima qilingan publitsistik esselar oʻrin olgan.
Maʼlumot uchun, shoir Naxichevonda tugʻilgan boʻlib, umrining katta qismini Oʻzbekistonda yashab, ijod qilgan.
Bagʻirov Ozarboyjon xalqini oʻzbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanitishda fidoyilik koʻrsatib kelmoqda. Jumladan, u koʻplab oʻzbek shoirlari, adiblarining asarlarini ozarboyjon tiliga tarjima qilgan.
Shoir oʻzbek xalqining shonli tarixi va Oʻzbekistonning soʻnggi yillardagi yutuqlaridan, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlanib yozilgan “Oʻzbek kelayotir” qasidasi bilan ham mashhurdir.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev shoirga oʻzbek adabiyotini Ozarboyjonda ommalashtirish va ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q