Siyosat
13-noyabr kuni COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida "yashil" energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya iqtisodiy maqsad emas, balki kelajakka qo‘shilayotgan hissa, kelgusi avlodlar oldidagi mas’uliyat tuyg‘usining natijasi ekanligini ta’kidladi.
Loyihaning ekologik ahamiyati alohida qayd etildi. Uzatiladigan energiya - bu shamol va quyosh energiyasi bo‘lib, qayta tiklanadigan va toza manba hisoblanadi hamda iqlimga ta’sirni yumshatish imkonini beradi. Shu orqali tomonlar Parij bitimi va Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida iqlimni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish, jumladan, qo‘shma korxona tashkil etish, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va kelishish va boshqa tartib-taomillarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Yakunda davlatimiz rahbari O‘zbekistonning ushbu mintaqaviy loyihani birgalikda amalga oshirishga intilishi qat’iy ekanini tasdiqladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q