
Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi reklama namoyishini meʻyordan oshirgan uch telekanalga qarshi ish qoʻzgʻatdi.
Qoʻmita telekanallarni reklamaga oid oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirish va qayta koʻrib chiqish boʻyicha ogohlantirgandi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir qator telekanallar tomonidan taqdim etilayotgan reklamalar hajmi koʻpligi, reklama roliklari efiri uzoq vaqt davom etishi yuzasidan qoldirilgan murojaatlar keskin muhokamalarga va keng jamoatchilikning eʻtirozlariga sabab boʻldi.
Qoʻmita bu borada Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda telekanallarda joylashtirilgan reklamalar hajmining reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini oʻrganish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini taʻkidladi. Olib borilgan tahlillar davomida 3 ta telekanalda, jumladan “FTV”, “Muloqot” va “Amudaryo” telekanallari tomonidan joriy yilning aprel-iyul oylarida joylashtirilgan reklamalar hajmi qonunchilik bilan belgilangan meʻyorlardan ortiqligi holatlari aniqlangan.
Yuqoridagilarga asosan, qoʻmitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan bir necha telekanallariga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berilgan.
Maʻlumot oʻrnida. “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuning 27-moddasiga muvofiq, telekanallar efirida tarqatilayotgan reklamaning (shu jumladan teledoʻkon reklamasi kabi reklamaning) umumiy davomiyligi koʻrsatuv vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada koʻrsatuv vaqtining oʻn besh foizidan oshishi mumkin emasligi belgilangan.
Raqobat qoʻmitasi, yuqoridagi holatlar yuzasidan boshqa telekanallar faoliyati boʻyicha ham oʻrganishlar olib borilayotganini xabar qilgan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q