Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi – COP29 doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Unda O‘zbekiston yetakchisi bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan iqlim xatarlarini tanqidiy tahlil va moliyaviy baholash uchun yetakchi davlatlar, ko‘p tomonlama institutlar va konvensiyalarning texnik va moliyaviy ko‘magini kengaytirish maqsadida Iqlim tufayli yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha xalqaro markaz ta’sis etish taklif qilindi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash sohasida majburiyatlar to‘g‘risidagi Deklaratsiyani ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi. O‘zbekistonda o‘simliklarning iqlimga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini hamda dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun BMTning innovatsion agrosanoat xabini tashkil etish taklif qilindi.
Prezidentimiz tomonidan iqlim o‘zgarishlaridan zarar ko‘rayotgan megapolis va shaharlarning barqaror rivojlanishi va yashash uchun qulay sharoitlar yaratish sohasida tajriba va bilim, eng yaxshi amaliyotlar transferi uchun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini tashkil etish hamda uning birinchi forumini Toshkentda o‘tkazish tashabbusi bildirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev COP29 mamlakatlari vakillarini kelgusi yili 15-mayda – Xalqaro iqlim kunida Orolbo‘yida o‘tkaziladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar global festivalida ishtirok etishga taklif etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q